Germaniyalik muzeyshunos: Samarqanddagi muhokamalarda sunʼiy intellektni muzey faoliyatiga tatbiq etish bo‘yicha tajriba almashish uchun qulay platforma yaratildi
Dekabr 21, 2025. 12:00 • 3 daq
• 119GAMBURG, 21-dekabr. /“Dunyo” AA/. Gamburg arxeologiya muzeyi saytida YUNESKO Bosh konferensiyasining Samarqandda bo‘lib o‘tgan 43-sessiyasi doirasida tashkil qilingan “Muzeylarda sunʼiy intellektning bugungi roli” mavzusidagi xalqaro anjumanda mazkur muzey professori Mixael Merkelning ishtirokiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Qayd etilishicha, ushbu nufuzli tadbir YUNESKO tomonidan O‘zbekiston sanʼat va madaniyatni rivojlantirish jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.
Panel muhokamasi davomida nemis muzeyshunosi AMH muzeyining “Foto detektiv” loyihasini taqdim etgan va sunʼiy intellekt vositalaridan foydalangan holda fototo‘plamlarni tadqiq qilish, tizimlashtirish va kengroq auditoriyaga taqdim etish imkoniyatlari haqida gapirgan. Muzokaralarda dunyoning turli mamlakatlari vakillari ishtirok etib, kolleksiyalarni boshqarish, ilmiy tadqiqotlar, arxitektura yechimlari va jamoatchilik bilan ishlash sohalarida sunʼiy intellekt bo‘yicha amaliy tadqiqotlarni muhokama qilingan.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalarda asosiy eʼtibor inson omiliga yo‘naltirilgan yondashuvga qaratildi, yaʼni sunʼiy intellekt muzey xodimlariga ularning ishida yordam berishi kerakligi, lekin ularning o‘rnini to‘liq egallamasligi taʼkidlangan.
Maʼlum qilinishicha, anjumanning madaniy dasturiga ko‘ra, Samarqand va Buxoro shaharlaridagi muzeylar va tarixiy obidalarga sayohatlar, Buxoro biyennalesi bilan tanishish tashkil etilgan. Shuningdek, maqolada germaniyalik mutaxassis, Buyuk Ipak yo‘li merosining ramzi hisoblangan tarixiy Registon maydonida dunyoga mashhur fransuz bastakori, YUNESKOning ezgu niyat elchisi Jan-Mishel Jarrning ajoyib konserti o‘ziga maʼqul kelganini mamnuniyat bilan taʼkidlaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konsert mehmonlarda katta taassurot qoldirgan bo‘lsa, anjuman doirasidagi qiziqarli tadbirlar milliy anʼanalar va novatorlik uyg‘unligini yaqqol namoyon etdi.
Nemis olimi o‘z maqolasida sunʼiy intellektning muzeylardagi o‘rni bo‘yicha xalqaro muloqotni davom ettirish, hamkorlikni kengaytirish va to‘plangan tajribani amaliyotda qo‘llashni maqsad qilganini bildirgan.
Tashrif davomida germaniyalik olim Registon, o‘zbek kashtachiligi ko‘rgazmalari, Konigil qishlog‘idagi Konigil-Meros hunarmandchilik markazida qayta tiklangan Samarqandning qadimiy qog‘oz ishlab chiqarish majmuasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Shohi Zinda, Afrosiyob muzeyi, Amir Temur maqbarasi, shuningdek, Buxoroning tarixiy-madaniy diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurib, ular haqidagi maʼlumotlarni muzey saytiga joylashtirdi va hujjatlashtiradi.
Muallifning taʼkidlashicha, uning “Foto detektiv” loyihasi bilan Samarqandda bo‘lib o‘tgan xalqaro panelda ishtirok etishi muzeylarda sunʼiy intellektdan foydalanish bo‘yicha amaliy tajriba almashishga turtki bo‘ldi. Biroq, nemis olimi etika, ekspert tekshiruvi va yakuniy javobgarlik insonda qolishini bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Samarqand va Buxoro bo‘ylab madaniy dastur tadbirga katta ahamiyat kasb etib, yangi hamkorliklar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochgan.
Eslatib o‘tamiz, Samarqanddagi konferensiya dunyoning 190 mamlakatidan 2800 dan ortiq mutaxassislarni jamlab, madaniy meros va muzey amaliyotida sunʼiy intellektning o‘rni, imkoniyatlari va masʼuliyatli qo‘llanilishi haqida fikr almashish uchun xalqaro platforma bo‘lib xizmat qildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Chexiyada o‘zbek madaniyati va turizm imkoniyatlari namoyish qilindi
Londonda britaniyalik ekspertlar bilan tibbiy turizm istiqbollari muhokama qilindi
O‘zbekiston norvegiyaliklar uchun mashhur sayyohlik yo‘nalishiga aylanmoqda
Malayziya sayyohlik kompaniyalari bilan turizm bo‘yicha kelishuvlarga erishildi








