Girts Yaunzems: O‘zbekistonda shunchaki iqtisodiy o‘sish emas, balki haqiqiy iqtisodiy o‘sish ro‘y bermoqda

Avgust 29, 2026. 16:39 • 2 daq

15
Girts Yaunzems: O‘zbekistonda shunchaki iqtisodiy o‘sish emas, balki haqiqiy iqtisodiy o‘sish ro‘y bermoqda

TOSHKENT, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanalarda ishtirok etgan Latviya elchisi Girts Yaunzems “Dunyo” AA orqali O‘zbekiston xalqini ayyom bilan qutladi:

– Bilasizmi, menga O‘zbekiston Prezidentining nutqi juda yoqdi. O‘ylaymanki, bugun mamlakat uchun ko‘plab xushxabarlar yangradi.

Xususan, yaqin yillarda turli sohada bir million nafar yuqori malakali mutaxassis tayyorlash, 450 milliard dollar sarmoya jalb etish, yalpi ichki mahsulot hajmini 300 milliard dollarga, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni esa 10 ming dollarga yetkazish haqida so‘z yuritildi.

Bu raqamlar O‘zbekistonda shunchaki iqtisodiy o‘sish emas, balki haqiqiy iqtisodiy o‘sish yuz berayotganidan dalolat beradi. Bu, albatta, juda quvonarli hol.

Bunday yangiliklar, yorqin va mazmunli tadbirdan so‘ng kishilar o‘zlarini yanada baxtli his qiladi. Odamlar qanchalik baxtli bo‘lsa, o‘z sevimli ishi bilan shunchalik faol shug‘ullanadi. Demak, barcha ishlar yana-da yaxshilanib boraveradi.

O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabriklayman!

Kelgusi yilda yanada ko‘proq xushxabarlar, yutuqlar va hayratlanarli raqamlar bo‘lishini tilab qolaman.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish