“Global Korea Post”: O‘zbekistonda raqamli infratuzilma va sunʼiy intellekt rivojlanmoqda

Avgust 29, 2026. 14:30 • 2 daq

129
“Global Korea Post”: O‘zbekistonda raqamli infratuzilma va sunʼiy intellekt rivojlanmoqda

SEUL, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Janubiy Koreyaning “Global Korea Post” nashri O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlik istiqbollariga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Shisha toladan sunʼiy intellektgacha: O‘zbekiston–Koreya raqamli hamkorligi ko‘lami” sarlavhali materialda ikki mamlakat o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlikning rivojlanishi tahlil qilingan.

Nashrda O‘zbekistonda raqamli infratuzilmani rivojlantirish, optik tolali tarmoqlarni kengaytirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga eʼtibor qaratilgan.

Materialda, shuningdek, Janubiy Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va tajribasidan foydalangan holda O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, innovatsion yechimlarni keng joriy etish hamda ikki davlat o‘rtasidagi texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish