Mariya Kazi: O‘zbekiston jadal iqtisodiy rivojlanish va ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish yo‘lidan dadil bormoqda
Avgust 29, 2026. 14:04 • 3 daq
• 20
ISLOMOBOD, 29-avgust. /“Dunyo” AA/. Pokiston savdo vaziri o‘rinbosari Mariya Kazi mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.
– O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qardosh o‘zbek xalqini samimiy muborakbod etaman.
Mustaqillik – har bir millatning erkinligi, qadr-qimmati va kelajakka bo‘lgan ishonchining mustahkam poydevoridir. Keyingi yillarda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida mamlakat hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ochiqlik va yangilanish siyosati xalqaro hamjamiyat tomonidan katta qiziqish va eʼtirof bilan kuzatilmoqda.
Bugungi O‘zbekiston jadal iqtisodiy taraqqiyot, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investitsiyalarni jalb etish va xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidan izchil borayotgan mamlakatdir. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, sanoat va infratuzilmani rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida erishilayotgan natijalar mamlakatning katta taraqqiyot imkoniyatlarini yaqqol namoyon etmoqda.
O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay va shaffof shart-sharoitlar alohida eʼtiborga loyiq. Qonunchilik va institutsional islohotlar, erkin iqtisodiy zonalar, soliq va bojxona sohasidagi yengilliklar, davlat idoralari bilan muloqotning soddalashtirilishi xalqaro biznes va investorlar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. O‘zbekistonning investitsiyaviy jozibadorligi tobora ortib borayotgani mamlakatga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanayotganidan dalolat beradi.
Pokiston va O‘zbekistonni tarixiy rishtalar, madaniy yaqinlik va umumiy qadriyatlar bog‘lab turadi. Bugun bu mustahkam do‘stlik savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aloqalarini kengaytirish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, transport va logistika yo‘laklarini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika, sanoat va boshqa muhim sohalarda hamkorlik qilish uchun ulkan imkoniyatlar mavjud.
Pokiston O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim va ishonchli iqtisodiy sherik sifatida yuqori baholaydi. Biz ikki mamlakat biznes doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yanada kuchaytirish, o‘zaro savdo hajmini oshirish va investorlar uchun yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish tarafdorimiz. O‘zbekistonning jadal islohotlar siyosati va iqtisodiy ochiqligi Pokiston tadbirkorlari uchun ham yangi hamkorlik ufqlarini ochmoqda.
O‘zbekiston xalqi o‘zining boy tarixi, mehnatsevarligi va yangilanishga bo‘lgan qatʼiy intilishi bilan kelgusida ham yana-da yuksak marralarni zabt etishiga ishonchim komil. Pokiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, o‘zaro hurmat va manfaatli hamkorlik xalqlarimiz farovonligi yo‘lida bundan buyon ham mustahkamlanib boraveradi.
Qardosh O‘zbekiston xalqiga tinchlik, farovonlik va ravnaq, mamlakatingizga esa barqaror taraqqiyot va yangi ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi