O‘zbekiston rahbari Eron Prezidentini telefon orqali tavallud kuni bilan tabrikladi

Sentabr 29, 2026. 18:45 • 49 soniya

• 107
O‘zbekiston rahbari Eron Prezidentini telefon orqali tavallud kuni bilan tabrikladi
O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati arxividan olingan surat

TOSHKENT, 29-sentabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, suhbat avvalida O‘zbekiston yetakchisi Eron Prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Muloqot davomida keng qamrovli hamkorlikni rivojlantirish, xususan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Eron Prezidentlari mintaqaviy kun tartibi hamda bo‘lajak tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish