O‘zbekiston Prezidenti Gruziya Bosh vazirini tavallud kuni bilan tabrikladi
Sentabr 25, 2026. 12:40 • 59 soniya
• 98
TOSHKЕNT, 25-sentabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston yetakchisi Irakliy Kobaxidzeni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, Gruziya xalqiga farovonlik va bardavom ravnaq tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 2-3-iyul kunlari Gruziyaga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Gruziya strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zaro savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, shuningdek, Gruziyaning Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi