Xitoyda O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi
Iyun 03, 2026. 09:55 • 2 daq
• 38
FOSHAN, 3-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari tomonidan sanoat, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar ishtirokida mamlakatimizning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan biznes-forum o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Foshan shahar Xalqaro savdoni rag‘batlantirish qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarga mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sish sur’atlari, hududlarning investitsiyaviy va eksport salohiyati, investorlar uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar, shuningdek, amal qilayotgan imtiyoz va preferensiyalar tizimi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonda amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy loyihalar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi.
Xitoy tomoni mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohot va yangilanishlarni yuqori baholab, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay va ishonchli biznes muhiti, vizasiz tartibning joriy etilgani, ikki mamlakat o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar sonining ortishi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada faollashtirishga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Forum yakunida Foshan shahrida faoliyat yuritayotgan yetakchi korxonalar vakillaridan iborat biznes-missiyaning shu yil iyun oyining uchinchi dekadasida O‘zbekistonga amaliy tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

O‘zbekiston va Portugaliya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi



