O‘zbekistondagi xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchi o‘ringa chiqdi
May 19, 2026. 09:55 • 2 daq
• 21
TOSHKENT, 19-may. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 19 ming 490 ta korxona faoliyat yuritmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, ularning 4 ming 427 tasi qo‘shma korxonalar, 15 ming 63 tasi esa to‘liq xorijiy kompaniyalardir.
So‘nggi besh yilda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 1,4 barobar ko‘paydi. Shu bilan birga, xorijiy korxonalarning ulushi 61,3 foizdan 77,3 foizga oshdi. Bu xorijiy biznesning mamlakat iqtisodiyotiga ishonchi ortib borayotganidan dalolat beradi.
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qildi – 5 ming 615 ta kompaniya. Quyida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha yetakchi davlatlar keltirilgan:
-Rossiya – 3308,
-Turkiya – 2216,
-Qozog‘iston – 1259,
-Koreya Respublikasi – 721,
-Afg‘oniston – 656,
-Ozarbayjon – 452,
-Tojikiston – 437,
-BAA – 427,
-Hindiston – 405 ta.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, xorijiy kompaniyalar sonining barqaror o‘sishi ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish va xalqaro investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish borasidagi izchil islohotlar bilan bog‘liq.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Shveysariyada eksportchilar va investorlar uchun O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan alohida internet-sahifa ochildi

O‘zbekiston delegatsiyasi AQSHdagi yirik xalqaro investitsiya sammiti – “SelectUSA”da qatnashdi


