Manuel Fik: AQSH va O‘zbekiston hamkorligida ishchilar uchun qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar ochilmoqda
May 19, 2026. 09:00 • 2 daq
• 58
TOSHKENT, 19-may / “Dunyo” AA/. Amerikaning “USA Farm Labor” kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Manuel Fik 18-may kuni boshlangan birinchi Toshkent xalqaro migratsiya forumi doirasida “Dunyo” AA muxbiriga mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish masalasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
– Kompaniyamiz hukumatingiz bilan keng ko‘lamli hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan holda O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSHdagi qishloq xo‘jaligi sohasida “H-2A” dasturida qatnashish imkonini kengaytirish ustida ish olib bormoqda. Bu hamkorlik AQSHdagi ish beruvchilar uchun ishchi kuchi yetishmasligi muammosini bartaraf etish, shu bilan birga, o‘zbekistonlik ishchilarga xorijda mehnat qilib, daromad topish va turmush sharoitini yaxshilash imkonini berishga xizmat qiladi.
AQSH mehnat huquqlarini himoya qilish sohasida kuchli tizimga ega. Mamlakatda mehnatkashlar xavfsizligini taʼminlash, ekspluatatsiyaning oldini olish va inson savdosiga qarshi kurashishga qaratilgan qonunlar va mexanizmlar amal qiladi. Shu bois, AQSHga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari uchun 10 oygacha yoki belgilangan muddatda boradigan o‘zbekistonlik ishchilar munosib mehnat sharoitlari va zarur huquqiy kafolatlarga ega bo‘ladi.
Ishchilar oladigan daromadlar ularning oilalari uchun muhim moliyaviy yordam bo‘lib, turmush farovonligini oshirishga hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, ushbu hamkorlik faqat iqtisodiy samara bilan cheklanib qolmay, ikki mamlakat o‘rtasida tajriba, bilim va kasbiy ko‘nikmalar almashinuvini ham kuchaytiradi.
Shuningdek, amerikalik ish beruvchilar O‘zbekistondan yosh, mehnatkash va ingliz tilini biladigan malakali ishchilarni jalb qilishdan manfaatdor. Bu AQSHning mavsumiy qishloq xo‘jaligi mehnat bozori uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Luka Brondello: O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Italiya qishloq xo‘jaligida ishlash imkoni yaratilmoqda

Radim Zak: O‘zbekiston tobora oshkora tarzda migratsiya siyosatiga tizimli yondashmoqda


