Nyu-Yorkdagi forumda O‘zbekistonning texnologik va turistik imkoniyatlari namoyish qilindi

May 19, 2026. 08:10 • 2 daq

100

NYU-YORK, 19-may. /“Dunyo” AA/. Nyu-Yorkda sunʼiy intellekt va biznesni kengaytirish yo‘nalishida xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“AI & Business Scaling Summit – NYC 2026” (AI va biznesni kengaytirish sammiti – Nyu-York 2026) deb nomlangan forumda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari, raqamli transformatsiya va turizm sohalaridagi imkoniyatlari namoyish etildi,

Tadbir “AI Week New York” texnologik platformasi negizida o‘tkazilib, unda AQSH, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari IT sanoati, biznes va investitsiya doiralari vakillari ishtirok etdi.

Forum davomida sunʼiy intellekt texnologiyalarini biznes jarayonlariga joriy etish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro texnologik hamkorlikni kengaytirish hamda turli mamlakatlar kompaniyalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar istiqbollari muhokama qilindi.

Ishtirokchilarga “IT Park Uzbekistan” faoliyati, texnologik kompaniyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, IT-xizmatlar eksporti dinamikasi va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida maʼlumot taqdim etildi.

Forumni tashkil etish va o‘tkazishga “World Network NY” kompaniyasi hamda O‘zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi amaliy yordam ko‘rsatdi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonga bag‘ishlangan alohida taqdimot bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilarga mamlakatning turistik va madaniy salohiyati, shuningdek, milliy taomlar namunalari namoyish etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Qozog‘istonning Nyu-Yorkdagi diplomatik vakolatxonalari, ishbilarmon va sarmoyaviy doiralar, IT hamjamiyati hamda jamoat tashkilotlari vakillari qatnashdi.

Ishtirokchilarning fikricha, ushbu forum O‘zbekistonning zamonaviy salohiyatini ilgari surish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Amerikaning ishbilarmon doiralari bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish