Xitoyning Anxoy viloyati O‘zbekistonga biznes-missiyalar yuborishni rejalashtirmoqda

Noyabr 18, 2026. 17:30 • 2 daq

• 55
Xitoyning Anxoy viloyati O‘zbekistonga biznes-missiyalar yuborishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Anxoy viloyati O‘zbekistonga biznes-missiyalar yuborishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Anxoy viloyati O‘zbekistonga biznes-missiyalar yuborishni rejalashtirmoqda
Xitoyning Anxoy viloyati O‘zbekistonga biznes-missiyalar yuborishni rejalashtirmoqda

BENBU, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. Xitoyning Anxoy provinsiyasining Benbu shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forum yakunlari bo‘yicha ushbu hudud tadbirkorlarining O‘zbekistonga biznes-missiyalarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forum O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlarining Yangi materiallar industriyasi bo‘yicha 6-xalqaro konferensiyadagi ishtiroki doirasida o‘tkazildi. Tashrif chog‘ida viloyat vitse-gubernatori He Chunkuan, Benbu shahri meri Vey Syufan, Savdo departamenti va mahalliy kompaniyalar vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Forumda energetika, avtomobilsozlik, farmatsevtika, oyna mahsulotlari ishlab chiqarish, to‘qimachilik, qurilish va tog‘-kon sanoati sohalaridan viloyatning 50 dan ortiq kompaniyasi qatnashdi. Ularga O‘zbekistonning infratuzilmaviy salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan kompleks imtiyozlar, iqtisodiyotni liberallashtirish va qulay investitsiya muhitini shakllantirish borasidagi islohotlar natijalari tanishtirildi. 

Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda oyna mahsulotlari, avtomobilsozlik, energetika, qishloq xo‘jaligi, qayta ishlash, axborot texnologiyalari, to‘qimachilik va “yashil” texnologiyalar sohalarida faoliyat yuritishga qiziqish bildirdilar.

Forumdan so‘ng “Anhui HuiGlass Co., Ltd.”, “Anhui Zhenli Auto Parts Co., Ltd.”, “Anhui Aopu Automobile Brake System Co., Ltd.” va “Anhui BBCA Group Co., Ltd.” kabi qator kompaniyalar bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek, delegatsiya oyna mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik korxona faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvlar yakunida tomonlar ushbu kompaniyalar vakillarining joriy noyabr–dekabr oylarida Anxoyga tashrif buyuradigan Qashqadaryo viloyati hokimi bilan uchrashuvini hamda ularning O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha kelishib oldilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish