Qirg‘izistonda to‘rtinchi nomzod bo‘lajak Prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun yetarli miqdorda imzo to‘pladi

Noyabr 18, 2026. 15:00 • 50 soniya

• 140
Qirg‘izistonda to‘rtinchi nomzod bo‘lajak Prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun yetarli miqdorda imzo to‘pladi

BISHKЕK, 18-noyabr. /“Dunyo” AA/. Qirg‘iziston Prezidentligiga nomzod, Jogorku Kenesh (parlament) sobiq deputati Isxak Masaliyev bo‘lajak prezidentlik saylovida ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur miqdordagi imzolarni to‘pladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Kabar” QMAAning ma’lum qilishicha, 17-noyabr holatiga ko‘ra, Isxak Masaliyevning nomzodini qo‘llab-quvvatlab, 30 mingdan ortiq kishi imzo chekkan.

Bunga qadar amaldagi Prezident Sadir Japarov, o‘z nomzodini o‘zi ko‘rsatgan Moliya politsiyasining sobiq rahbari Siyimik Japiqeyev va tadbirkor Aymen Kasenov ham yetarli miqdorda imzo to‘plagan edi.

Prezident saylovi 2027-yil 27-yanvarga belgilangan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish