Xitoyning uchta provinsiyasi kompaniyalari Toshkent viloyatiga biznes missiyalarini tayyorlamoqda

Sentabr 22, 2026. 12:00 • 2 daq

12

CHANSHA, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyaning Xitoyga tashrifi doirasida Xunan provinsiyasida qator tadbirlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xususan, delegatsiya a’zolari provinsiyaning yetakchi "HNAC-Technology", "Sansure Biotech" va "Suntown Technology" kompaniyalariga tashrif buyurib, ularning energetika, biotexnologiya va oziq-ovqat sanoatidagi faoliyati hamda yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdilar. 

"PK Environment" va "Hunan Construction Investment Group" kompaniyalari rahbariyati bilan oqava suvlarni qayta ishlash hamda yirik infratuzilma loyihalarini ishlab chiqish istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, Xunan, Guandun va Futszyan provinsiyalarida faoliyat yuritayotgan 20 ga yaqin kompaniya vakillari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida Toshkent viloyatining sanoat va investitsiyaviy salohiyati, hududda yaratilgan qulay biznes muhiti hamda xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan istiqbolli loyihalar taqdim etildi.

Muzokaralar yakunida qayd etilgan kompaniyalarning Toshkent viloyatiga biznes-missiyalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish