“The Financial Times” jahon chempioni unvoni uchun bahsda Javohir Sindarovning g‘alaba qozonishini bashorat qildi
Sentabr 22, 2026. 10:30 • 1 daq
• 98
LONDON, 22-sentabr. /“Dunyo” AA/. Britaniyaning nufuzli “The Financial Times” kundalik gazetasi shaxmat bo‘yicha sobiq jahon chempioni Magnus Karlsen bilan uyushtirilgan intervyuni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrda yozilishicha, Magnus Karlsen o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarovning amaldagi jahon chempioni, hindistonlik shaxmatchi Gukesh Dommaraju bilan bahsda g‘alaba qozonishini bashorat qildi. Jahon chempioni unvoni uchun o‘yin 24-noyabrdan 12-dekabrgacha Jenevada bo‘lib o‘tadi.
Magnus Karlsen Javohir Sindarovni yaqqol favorit deb atadi va uning g‘alaba qozonish imkoniyatlari yuqori ekanini ta’kidladi. Norvegiyalik grossmeysterning fikricha, Gukesh Dommaraju so‘nggi paytlarda o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmovchiligini his qilmoqda va o‘z pozitsiyalariga ortiqcha baho berishga moyil, bu esa uning o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shuningdek, norvegiyalik shaxmatchi Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va unda 5 imkoniyatdan 4,5 ochko to‘plagan Gukesh Dommarajuning muvaffaqiyatli ishtirokini ham eslatib o‘tdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi