Quvayt delegatsiyasi MICE turizm doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Noyabr 13, 2026. 15:30 • 2 daq

• 30
Quvayt delegatsiyasi MICE turizm doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Quvayt delegatsiyasi MICE turizm doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Quvayt delegatsiyasi MICE turizm doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi
Quvayt delegatsiyasi MICE turizm doirasida O‘zbekistonga tashrif buyurdi

TOSHKЕNT, 13-noyabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida Kuvaytning “DXN” kompaniyasiga qarashli 225 kishilik delegatsiyaning O‘zbekistonga safari muvaffaqiyatli tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tashrif MICE (Meetings, Incentives, Conferences and Exhibitions) turizmi yo‘nalishida yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, delegatsiya dasturidan Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy-madaniy merosi hamda zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishish, shuningdek, qator madaniy va turistik tadbirlarda ishtirok etish o‘rin oldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur turistik loyihaning umumiy qiymati 300 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Bu esa mamlakatimizga xorijiy sayyohlarni jalb qilish, mehmonxona va restoran biznesi, transport, gidlik hamda boshqa turdosh xizmatlar sohasida iqtisodiy faollikni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, mazkur tashrif Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi davlatlarida O‘zbekistonning turistik salohiyatini keng targ‘ib qilish, xalqaro turistik tashkilotlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni mustahkamlash hamda yurtimizni yirik korporativ va rag‘batlantiruvchi sayohatlar (MICE turizmi) uchun eng jozibador yo‘nalish sifatida ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish