Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot konsentratlari importiga katta qiziqish bildirdi

Iyul 20, 2026. 14:00 • 2 daq

173
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot konsentratlari importiga katta qiziqish bildirdi
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot konsentratlari importiga katta qiziqish bildirdi
Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondan meva-sabzavot konsentratlari importiga katta qiziqish bildirdi

KUALA-LUMPUR, 20-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziyaning “Universal NutriBeverages Sdn Bhd” kompaniyasi bosh direktori Terens Kuax bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotda asosiy eʼtibor O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti imkoniyatlariga hamda ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratildi.

Terens Kuax o‘z kompaniyasi ishlab chiqarish jarayonida yuqori sifatli meva va sabzavot pyurelari hamda konsentratlaridan foydalanishini va ular hozirgi vaqtda Avstraliya, Germaniya, Hindiston hamda Xitoydan import qilinayotganini maʼlum qildi.

O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasidagi imkoniyatini inobatga olgan holda, kompaniya rahbari yurtimizdan meva-sabzavot konsentratlari importiga katta qiziqish bildirdi. U O‘zbekiston mahsulotlari namunalarini sinovdan o‘tkazish va mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish taklifini ilgari surdi.

1971-yilda tashkil etilgan “Universal NutriBeverages Sdn Bhd” kompaniyasi “Sun Up”, “One Up” va “7 Rings” brendlari ostida meva sharbatlari, konsentratlar, ichimliklar va qiyomlar ishlab chiqaradi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish