O‘zbekiston bioorganik texnologiyasi Misr qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi mumkin
Iyul 16, 2026. 09:00 • 2 daq
• 156
QOHIRA, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning “Agro EM Technology” va Misrning “Daltex Corporation” kompaniyalari vakillari o‘rtasida onlayn muzokara bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Uchrashuvda O‘zbekistonda ishlab chiqilgan “Em Gumi Organic” bioorganik texnologiyasini Misr qishloq xo‘jaligi sohasida joriy etish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, preparatning tuproq unumdorligini tiklash, ekinlar hosildorligini oshirish va kimyoviy pestitsidlar hamda mineral o‘g‘itlardan foydalanishni qisqartirish borasidagi afzalliklari taqdim etildi.
“Agro EM Technology” kompaniyasi Misrda amaliy sinovlar o‘tkazish uchun mutaxassislar va preparat namunalarini yuborishga tayyorligini maʼlum qildi.
O‘z navbatida, “Daltex Corporation” vakillari sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, preparatni O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri import qilish imkoniyatini ko‘rib chiqishini bildirdi.
“Em Gumi Organic” qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan bioorganik mikrobiologik preparat bo‘lib, O‘zbekiston va Pokistonning sho‘rlangan yerlarida, Hindiston va Turkiyadagi ekin maydonlarida muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur preparat qimmatbaho “NPK” mineral o‘g‘itlaridan foydalanishni qisqartirish hisobiga ishlab chiqarish xarajatlarini 50–60 foizgacha kamaytirish hamda organik mahsulotlar yetishtirish imkonini beradi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi