Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon sammitida XITA ham ishtirok etadi

Sentabr 26, 2026. 15:00 • 2 daq

• 3
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Butunjahon sammitida XITA ham ishtirok etadi

JENEVA,26-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekistonning BMT bo‘limi va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Xalqaro ijtimoiy ta’minot assotsiatsiyasi (XITA) bosh kotibi Marselo Abi-Ramia Kaetano bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tomonlar O‘zbekiston va XITA o‘rtasida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi.

Marselo Kaetano O‘zbekistonning assotsiatsiya faoliyatidagi faol ishtiroki hamda mamlakatda ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish va aholini ijtimoiy himoya choralari bilan qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.

Muloqot jarayonida 2026-yil 21–22-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Bolalar farovonligiga sarmoya kiritish: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli rivojlanish sari» Butunjahon sammitiga alohida e’tibor qaratildi.

XITA bosh kotibi O‘zbekiston ushbu xalqaro tadbirga mezbonlik qilayotganini e’tirof etib, assotsiatsiya ushbu nufuzli tadbirda ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Shuningdek, amaliy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, ilg‘or tajriba almashish va kelgusida O‘zbekistonda XITA tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishib oldi.

Uchrashuv davomida ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish