Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston 34 medal bilan to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

Sentabr 26, 2026. 13:00 • 2 daq

• 29

AICHI-NAGOYA,26-sentabr. /»Dunyo» AA/. Yaponiyada davom etayotgan XX yozgi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 34 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilar medallar jamg‘arish bo‘yicha tobora yuqori natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Jumladan, yengil atletikada Suxrob Xo‘jayev bosqon uloqtirish bahsida 74,38 metr natija qayd etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bahslarida ham sportchilarimiz qator sovrinlarni qo‘lga kiritdi. Jumladan, erkaklar o‘rtasida K1 dasturining 500 metr masofasida Shahriyor Mahkamov chempion bo‘ldi. Arina Tanatmisheva hamda Shohsanam Sherzodova va Nilufar Zokirova juftligi esa o‘z dasturlarida kumush medallarga ega chiqdi.

Sport gimnastikasida Rasuljon Abdurahimov qo‘shpoya dasturida 14,433 ball bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi ham musobaqani muvaffaqiyatli davom ettirmoqda. Ravshan Haydarov shogirdlari chorak finalda Saudiya Arabistonini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Dilshod Murtazoyev, Azizbek To‘lqinbekov va Firdavs Abdurahmonov gollar kiritdi. Endi terma jamoamiz 30-sentabr kuni yarim finalda Yaponiya–KXDR uchrashuvi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.

Osiyo o‘yinlarining 26-sentabr kungi dasturida O‘zbekiston vakillari bir qator sport turlarida bahslarga kirishadi. Medallar uchun eng muhim bellashuvlar yengil atletika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, og‘ir atletika, sinxron suzish hamda boksda kutilmoqda.

Jumladan, Arina Tanatmisheva 500 metr masofada A finalda, Vladlen Denisov va Nilufar Zokirova esa mikst dasturida medal uchun kurash olib boradi.

Boksda Sitora Turdibekova va Samandar Olimov ringga chiqadi. Og‘ir atletikada Adhamjon Ergashev hamda Diyorbek Ro‘zmetov final bahslarida ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekiston erkaklar xokkey terma jamoasi Xitoyga qarshi, ayollar gandbol jamoasi esa Qozog‘istonga qarshi maydonga tushadi.

Ayni paytda medallar jadvalida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya kuchli uchlikni band qilgan. O‘zbekiston esa 8 ta oltin, 17 ta kumush va 9 ta bronza medal bilan kuchli to‘rtlikdan joy olgan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish