Olmaota metrosi elektr energiyasidagi keng ko‘lamli uzilish tufayli to‘xtab qoldi

Avgust 14, 2026. 19:00 • 2 daq

1
Olmaota metrosi elektr energiyasidagi keng ko‘lamli uzilish tufayli to‘xtab qoldi
“Kazinform” XAA surati

TOSHKENT, 14-avgust. /“Dunyo” AA/. Bugun Olmaota metrosi tashqi elektr taʼminoti to‘liq uzilganidan so‘ng o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Kazinform” XAAga tayanib.

Poyezdlar harakati soat 15:11 da to‘xtatildi. Elektr taʼminoti tiklanib, kontakt relsiga kuchlanish berilgunga qadar kirish va chiqish uchun yopilgan poyezdlar va stansiyalardan barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.

Qozog‘iston elektr tarmoqlari milliy operatori (KEGOC) maʼlumotlariga ko‘ra, bugun Qozog‘istonning Yagona elektr energetika tizimida texnologik nosozlik yuz bergan, shu sababli elektr uzatish liniyalari o‘chirilgan. Energetika mutaxassislari tarmoqlarni tiklash bilan shug‘ullanmoqda.

Elektr taʼminotidagi uzilishlar fonida Olmaotada 8 ballik tirbandliklar yuzaga keldi va Markaziy stadion hududida harakatlanishga qo‘shimcha cheklovlar joriy etildi.

Olmaota hokimligi elektr taʼminotidagi uzilishlarga qaramay, vaziyat nazorat ostida ekanini maʼlum qildi.

“Tibbiyot muassasalari o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ular zaxira elektr manbalari – dizel generatorlari va uzluksiz quvvat manbalari bilan jihozlangan. Metropoliten ishi vaqtincha to‘xtatildi. Elektr taʼminoti tiklanib, kontakt relsiga kuchlanish berilgunga qadar metro bekatlariga kirish va chiqish vaqtincha yopildi”, – deyiladi Olmaota hokimligi xabarida.

“Kazinform” XAA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish