Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda

Sentabr 03, 2026. 21:00 • 2 daq

36
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda
Rossiya shaharlarida O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda

MOSKVA, 3-sentabr. /“Dunyo” AA/. Rossiyada O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’rifiy-madaniy tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlar mamlakatning turli hududlaridagi vatandoshlarni birlashtirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari tomonidan Rossiya poytaxtining markaziy va eng gavjum ko‘chalaridagi media-ekranlarda mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan videoroliklar namoyishi tashkil etildi. 31-avgust kuni bayram videomateriallari Moskvaning markaziy qismidagi sitibordlarda sutka davomida namoyish etib borildi.

Sankt-Peterburg. Bosh konsulxona tomonidan konsullik okrugida istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin!” nomli videochellendj tashkil etildi. O‘zbekiston Davlat bayrog‘i fonida ular shaharlarning markaziy qismlarida va diqqatga sazovor maskanlarida tabrik murojaatlarini yozib oldilar. Unda mustaqillikning tarixiy ahamiyati, tinchlik va erkinlikning қаdri ta’kidlanib, mamlakatimiz erishgan yutuqlar hamda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan faxrlanishlari bildirildi.

Novosibirsk. O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi o‘zbek ulgurji-taqsimlash markazi direksiyasi bilan hamkorlikda Sibirda mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun bayram tadbiri tashkil etdi. Bosh konsul Aslam Akbarov mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar va xorijdagi vatandoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni qayd etdi. Ishtirokchilar fuqarolarga ko‘rsatilayotgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirib, Konsulxonaning ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyatini yuqori baholadilar.

Velikiy Novgorod. O‘zbek diasporasining faol vakillari shahar aholisiga milliy liboslar, kashtachilik va hunarmandchilik san’ati namunalarini hamda musiqiy va raqs chiqishlarini taqdim etgan holda bayram tadbirini o‘tkazdilar. Dasturda vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy an’analarni asrab-avaylash va mustaqil O‘zbekiston bilan faxrlanish mavzulari alohida o‘rin egalladi. Mahalliy aholi vakillari o‘zbek madaniyatining boyligini, xalqimizning mehmondo‘stligi va bag‘rikengligini yuqori baholadilar.

Vladivostok. Vatandoshlar ishtirokida ma’rifiy-madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilarga O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xorijdagi vatandoshlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va xavfsiz migratsiyani ta’minlash chora-tadbirlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik qoidalariga amal qilish, millatlararo totuvlik va o‘zbek madaniyatini ommalashtirish masalalariga to‘xtalib o‘tildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish