Xalqaro investitsiya banki O‘zbekistondagi ishtirokini kengaytirishdan manfaatdor
Noyabr 02, 2026. 10:00 • 55 soniya
• 144
LONDON, 2-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida “Goldman Sachs” xalqaro investitsiya bankining rivojlanayotgan bozorlar bo‘yicha ijrochi direktori Grigoriy Goncharov bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot chog‘ida asosiy e’tibor O‘zbekiston bilan hamkorlikni mustahkamlash, bankning mahalliy bozordagi ishtirokini kengaytirish va xalqaro moliya maydonchalari bilan aloqalarni rivojlantirish masalalariga qaratildi.
Uchrashuvda “Goldman Sachs” vakili bankning O‘zbekiston Markaziy banki bilan ko‘p yillik hamkorligini qayd etdi.
U mamlakatimizdagi yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari va xalqaro moliya bozorlariga faol integratsiyalashuvni hisobga olgan holda, respublika bilan sheriklikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Muzokaralar yakunida “Goldman Sachs” vakillarining O‘zbekistonning yetakchi korxonalari va tijorat banklari rahbariyati bilan uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi