Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidentini qabul qildi

May 05, 2026. 20:44 • 56 soniya

135
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidentini qabul qildi
“Dunyo” AA surati

TOSHKENT, 5-may / “Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidenti Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Tashqi ishlar vazirligida Turkiy investitsiya jamg‘armasi prezidenti Turkiy investitsiya fondi prezidenti Bag‘dod Amreyevni qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining teeelegram-kanalida. – Muloqot jarayonida Turkiy investitsiya fondi doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish va mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Fond imkoniyatlaridan samarali foydalanish orqali savdo-iqtisodiy sheriklikni kengaytirish, muhim yo‘nalishlarda yangi tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha fikr almashdik”.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish