O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dohada Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
May 04, 2026. 19:50 • 2 daq
• 182
TOSHKENT, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qatar bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Doha shahrida Qatar Davlati Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan samarali uchrashuv o‘tkazildi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Delegatsiyamizga ko‘rsatilgan hurmat uchun samimiy minnatdorlik bildirdik.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy nomiga yo‘llagan samimiy salomlari va ezgu tilaklarini yetkazdik.
Uchrashuv davomida mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilib, Yaqin Sharqdagi vaziyatga alohida e’tibor qaratdik hamda vaziyatni barqarorlashtirishda muloqot va diplomatiyaning ahamiyati haqida fikr almashdik.
Shuningdek, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgan munosabatlarining istiqbollarini ko‘rib chiqdik.
Umumiy manfaatlar va o‘zaro ishonchga asoslangan hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishimizni ta’kidladik”.
“Dunyo” AA surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi