Saudiya OAV: Samarqanddagi OTB yig‘ilishi global iqtisodiy hamkorlik maydoniga aylandi
May 05, 2026. 19:38 • 2 daq
• 108AR-RIYOZ, 5-may. /“Dunyo” AA/. Saudiya Arabistonining “Saudi Press Agency”, “Al Madina”, “Okaznews” nashrlarida Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Boshqaruvchilar kengashining Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan 59-yillik yig‘ilishiga bag‘ishlangan turkum materiallar eʼlon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Nashrlarda yozilishicha, “Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish” shiori ostida o‘tayotgan tadbir 70 ga yaqin mamlakatdan uch ming nafardan ortiq nufuzli iqtisodiy tahlilchi va ekspertlarni birlashtirdi.
3-maydan 6-maygacha bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish kun tartibidan barqaror rivojlanish va mintaqaviy integratsiyaning asosiy masalalari, jumladan, raqamli infratuzilmani rivojlantirish, energetik o‘tishni moliyalashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash o‘rin olgan.
Dastur doirasida raqamlashtirish va investitsiyalarga bag‘ishlangan 90 ga yaqin mavzuli tadbirlar, global taʼminot zanjirlari va iqtisodiy barqarorlik masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Maqola muallifi bunday keng ko‘lamli xalqaro anjumanning Samarqandda o‘tkazilishi O‘zbekistonning dunyoda barqaror rivojlanish loyihalarini ilgari surish uchun global maydon sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat berishini taʼkidlagan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

