Logo

O‘zbekiston TIV rahbari Dohada Qatarning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

May 04, 2026. 20:00 • 2 daq

66
O‘zbekiston TIV rahbari Dohada Qatarning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Dohada Qatarning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi

TOSHKENT, 4-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Dohada “Artan Holding” kompaniyasi asoschisi va raisi Natra Abdulla hamda “Qatar Industrial Manufacturing Company” kompaniyasi prezidenti Abdurahmon bin Abdulla Al-Ansari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Artan Holding” kompaniyasi asoschisi va raisi Natra Abdulla hamda “Qatar Industrial Manufacturing Company” kompaniyasi prezidenti Abdurahmon bin Abdulla Al-Ansari bilan suhbatimiz samimiy ruhda kechdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Har ikki kompaniyaning sanoat va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi roli ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Kompaniyalarni joriy yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga taklif etdik”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish