O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehlida AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

Avgust 04, 2026. 22:10 • 2 daq

7
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehlida AQSh Prezidentining maxsus vakili bilan uchrashdi

TOSHKENT, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Hindiston poytaxtida AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Bugun Nyu-Dehli shahrida AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, elchi Serjio Gor janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston–AQSh strategik sheriklik munosabatlari barcha yo‘nalishlarda rivojlanib borayotganini alohida taʼkidladik.

Oliy va yuqori darajadagi muloqotlarni yanada faollashtirish hamda ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan atroflicha fikr almashdik.

Shuningdek, C5+1 formati doirasidagi hamkorlik, bo‘lajak qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlik hamda mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildik.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi ochiq va ishonchli muloqotni izchil davom ettirish hamda amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldik”.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish