O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindiston parlamenti quyi palatasi – Lok Sabha spikeri bilan uchrashdi

Avgust 04, 2026. 16:00 • 57 soniya

80
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Hindiston parlamenti quyi palatasi – Lok Sabha spikeri bilan uchrashdi

TOSHKENT, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Dehli shahrida Hindiston quyi palatasi spikeri Om Birla bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Hindiston parlamenti quyi palatasi – Lok Sabha spikeri, janob Om Birla bilan samimiy va mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yana-da mustahkamlashda parlamentlararo diplomatiyaning muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi. Parlamentlararo muloqotni kengaytirish, do‘stlik guruhlari faoliyatini faollashtirish hamda qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish masalalarini muhokama qildik.

Om Birla o‘tgan yili O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifini iliq xotiralar bilan eslab, Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida ko‘rsatilgan yuksak mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun yana bir bor minnatdorlik izhor etdi”.

“Dunyo” AA surati

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish