O‘zbekiston xalq artisti Rustam Sagdullayev Rossiyada “Kinodagi hayot” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi

Avgust 04, 2026. 15:00 • 2 daq

10
O‘zbekiston xalq artisti Rustam Sagdullayev Rossiyada “Kinodagi hayot” maxsus mukofoti bilan taqdirlandi

PSKOV, 4-avgust. /“Dunyo” AA/. 2026 yilning 23–26-iyul kunlari Pskov viloyatida Rossiya Madaniyat vazirligi ko‘magida VII “Zapadniye vorota” (“G‘arbiy darvoza”) xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Madaniy dasturning eng ahamiyatli voqealaridan biri — O‘zbekiston xalq artisti Rustam Sagdullayevning to‘liq metrajli filmlar xalqaro tanlovining professional hayʼati tarkibidan o‘rin olgani bo‘ldi.

Festival yakunlariga ko‘ra, Rustam Sagdullayevga kinematografiya sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun “Kinodagi hayot”maxsus mukofoti topshirildi. Eʼtiborlisi, mukofotni topshirish tantanasi aktyorning 25-iyul kuni nishonlangan 76 yoshlik tavallud ayyomiga to‘g‘ri keldi. Rustam Sagdullayev “ “Jangga faqat qariyalar kiradi” (“V boy idut odni stariki”) va “Katta osmon” (“Bolshoye nebo”) kabi filmlardagi rollari orqali tomoshabinlar qalbidan chuqur o‘rin olgan.

Anjuman dasturi keng qamrovli bo‘lib, unda Rossiya va xorijiy mamlakatlardan, jumladan, Hindiston, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, Belgiya hamda Vengriyadan kelgan delegatsiyalar ishtirokida 100 ga yaqin kinokartina namoyish etildi. Festival doirasida gala-premyeralar, klassik asarlar retrospektivasi, mutaxassislar muhokamasi va yosh kinoijodkorlar uchun “KinoStart” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu tadbirlar madaniyatlararo muloqotni mustahkamlash va tajriba almashishga xizmat qildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish