Logo

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini muhokama qildilar

Yanvar 14, 2026. 12:43 • 38 soniya

41
O‘zbekiston va Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini muhokama qildilar

TOSHKENT, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Qirg‘iz Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev janoblari bilan telefon orqali muloqot qildik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. - Suhbat davomida bo‘lajak ikki tomonlama va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibi yuzasidan fikr almashdik, munosabatlarimizning joriy holatini muhokama qildik hamda O‘zbekiston-Qirg‘iziston strategik sherikligini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab oldik.

Hamkorlikni konstruktiv va kelajakka yo‘naltirilgan ruhda rivojlantirishga bo‘lgan umumiy sadoqatimizni yana bir bor tasdiqladik”.

“Dunyo” AA arxividan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish