Logo

Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

Noyabr 27, 2025. 15:30 • 39 soniya

177
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi akkreditatsiyadan o‘tdi

TOSHKENT, 27-noyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Burundi Respublikasining mamlakatimizdagi birinchi elchisi Jozef Nkurunzizani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“Burundi davlatining O‘zbekistondagi birinchi elchisi Jozef Nkurunziza janoblarining ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida. – Muzokaralarimiz samarali va kelajakka yo‘naltirilgan bo‘lib, davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanayotgan salohiyati haqida fikr almashdik. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini ham ko‘rib chiqdik.

Elchi janoblariga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Sharqiy Afrikaning Burundi davlati o‘rtasida diplomatik munosabatlar 2024 yil 24 sentyabrda o‘rnatilgan.

Bugun O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Somalining mamlakatimizdagi birinchi elchisi Fatxudin Ali Mohameddan ishonch yorliqlarini qabul qildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo AA

author1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish