Logo

Turkiyada mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Yanvar 14, 2026. 09:17 • 2 daq

52
Turkiyada mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Turkiyada mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Turkiyada mehnat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

ANQARA, 14-yanvar. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasida Turkiyada mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlarlar bilan uchrashuv o‘tkazildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir avvalida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar hamda ilgari surilgan muhim tashabbuslar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish va atrof-muhitni muhofaza qilishga qaratilgan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ahamiyati va amaliy maqsadlari yig‘ilganlarga tushuntirildi. 2026 yil mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb eʼlon qilingani alohida taʼkidlandi.

Uchrashuvda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqish vazifasi belgilanganiga urg‘u berilib, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar uzbekistan2030.uz portali orqali muhokamalarda faol ishtirok etishga va hujjat loyihasini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shishga taklif etildi.

Muloqot davomida vatandoshlar tomonidan mamlakatimiz bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy, iqtisodiy, taʼlim va madaniy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator amaliy takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda vatandoshlar bilan tizimli va doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, yoshlar bilan ishlash va ularni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalarida fikr almashildi. Axborot almashinuvini takomillashtirish hamda raqamli platformalar imkoniyatidan samarali foydalanish, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni muntazam ravishda tashkil etish yo‘nalishlarga alohida eʼtibor qaratildi.

Muloqot jarayonida bildirilgan taklif va tashabbuslar chuqur tahlil qilinib, ular asosida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda kelgusida bunday uchrashuvlarni muntazam o‘tkazib borish muhimligi taʼkidlandi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish