Logo

O‘zbekiston Xalqi va Prezidenti nomiga butun dunyodan samimiy tabrik va tilaklar kelib tushmoqda

Dekabr 31, 2025. 20:14 • 3 daq

662
O‘zbekiston Xalqi va Prezidenti nomiga butun dunyodan samimiy tabrik va tilaklar kelib tushmoqda

TOSHKENT, 31-dekabr. /“Dunyo” AA/. Kirib kelayotgan yangi 2026-yil munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar, parlamentlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, yetakchi moliyaviy institutlar rahbarlari, taniqli siyosatchilar, jamoat va din arboblaridan samimiy tabrik va tilaklar kelmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Qutlovlarda Prezidentimiz rahbarligida Yangi O‘zbekistonni barpo etish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli siyosiy yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuksak baho berilgan. Mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqei va nufuzi tobora mustahkamlanib borishiga xizmat qilayotgan proaktiv, ochiq va pragmatik tashqi siyosatning samaralari alohida qayd etilgan.

Xorijiy hamkorlar O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqiga yangi yilda tinchlik-osoyishtalik, baxt-saodat, farovonlik, katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tilaklarini izhor etmoqda.

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin;

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin;

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko;

Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev;

Yevropa kengashi Prezidenti Antoniu Koshta;

Germaniya Federativ Respublikasi Federal prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer;

Germaniya Federativ Respublikasi Federal kansleri Fridrix Mers;

Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Kir Starmer;

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjio Mattarella;

Ispaniya Qiroli Filipp VI;

Sloveniya Respublikasi Prezidenti Natasha Pirs Musar;

Vengriya Prezidenti Tomash Shuyok;

Polsha Respublikasi Prezidenti Karol Navroskiy;

Latviya Respublikasi Prezidenti Edgars Rinkevichs;

Litva Respublikasi Prezidenti Gitanas Nauseda;

Xorvatiya Respublikasi Prezidenti Zoran Milanovich;

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichi;

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon;

Kuvayt Davlati Amiri Mishʼal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Masʼud Pezeshkiyon;

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tebbun;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Myanma Ittifoqi Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Min Aun Xlayn;

Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid al-Maktum;

O‘mon Sultonligi Bosh vaziri o‘rinbosari Fahad al-Said;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

Shanxay hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Nurlan Yermekbayev;

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bosh kotibi Sergey Lebedev;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Asad Xon;

BMT Bosh kotibining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili, BMTning Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Kaxa Imnadze;

Jahon banki prezidenti Ajay Banga;

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi prezidenti Janni Infantino.


Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

Default Avatar

Material muallifi

Samandar Xodjiyev

samandar@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish