O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Guanchjou kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

Sentabr 23, 2026. 19:00 • 52 soniya

23
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Guanchjou kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Guanchjou kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi

GUANCHJOU, 23-sentabr. /“Dunyo” AA/. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi hamda Guanchjou kutubxonasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ushbu hujjat O‘zbekiston va Xitoy kutubxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash uchun muhim huquqiy asos yaratadi.

Kelishuv doirasida birgalikda konferensiya, seminar, forum, kitob yarmarkalari hamda milliy merosimizga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar tashkil etiladi, kitoblar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, kutubxona xodimlarining malakasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib, mutaxassislar uchun treninglar, mahorat darslari, amaliyot va o‘zaro tashriflar uyushtiriladi.

Mazkur kelishuv ikki davlat mutaxassislariga tajriba almashish, axborot resurslarini kengaytirish hamda ko‘plab qiziqarli madaniy-ta’limiy tadbirlarni o‘tkazish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish