O‘zbekiston va Xitoy sanoat kooperatsiyasi sohasida aloqalarini kengaytirmoqda

Sentabr 23, 2026. 09:30 • 2 daq

191
O‘zbekiston va Xitoy sanoat kooperatsiyasi sohasida aloqalarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy sanoat kooperatsiyasi sohasida aloqalarini kengaytirmoqda
O‘zbekiston va Xitoy sanoat kooperatsiyasi sohasida aloqalarini kengaytirmoqda

GUANCHJOU, 23-sentabr. /"Dunyo" AA/. O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi delegatsiyasining Guandun va Futszyan provinsiyalariga amaliy tashrifi tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif doirasida Guanchjou, Shenchjen va Syamen shaharlarida Xitoyning to‘qimachilik sanoati korxonalari, tarmoq uyushmalari va biznes tuzilmalari vakillari bilan qator uchrashuvlar, davra suhbatlari hamda muzokaralar tashkil etildi.

Xususan, "Home Textile and Home Decoration Association" va "Luohu Enterprises Overseas Service Platform" uyushmalari bilan hamkorlikda 20 dan ortiq mahalliy kompaniya ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumlarda O‘zbekistonning to‘qimachilik va charm sanoati rivojlanish istiqbollari, mamlakatda yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit, eksport imkoniyatlari va xorijiy investorlar ishtirokida amalga oshirish uchun taklif etilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Delegatsiya a’zolarining "Shenzhen Chuxing Hengji Textile", "Guangzhou Yuanzhicheng Home Textile", "Elassay Group", "Guangdong Hengshen Meida New Materials" kabi 10 ga yaqin yetakchi kompaniyalar rahbariyati bilan o‘tkazilgan muzokaralarida kooperatsiya asosida qo‘shma ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, milliy mahsulotlar uchun yangi buyurtmachilar va bozorlarni aniqlash mexanizmlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish