Urganch–Olmaota yo‘nalishidagi yangi aviaqatnov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi

Sentabr 09, 2026. 20:30 • 57 soniya

41
Urganch–Olmaota yo‘nalishidagi yangi aviaqatnov O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi sayyohlik almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi

OQTOV, 9-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi vakillari Qozog‘istonning “Fly Arystan” aviakompaniyasi hamda “COMPAS Touroperator” sayyohlik operatori rahbariyati o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimizning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan tashkil etilgan uchrashuvda tomonlar turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, transport-logistika aloqalarini kengaytirish, yangi sayyohlik yo‘nalishlarini yaratish hamda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlar oqimini ko‘paytirish masalalarini muhokama qildi.

3-sentyabrdan boshlab Urganch–Olmaota aviaqatnovi ochilgani alohida qayd etildi. Uchrashuv ishtirokchilari yangi yo‘nalish O‘zbekiston hududlariga sayyohlar oqimining ortishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Muzokaralar yakunida amaliy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar belgilab olindi. Xususan, tomonlar yangi sayyohlik yo‘nalishlari ustida ishlash, transport-logistika yechimlarini takomillashtirish, axborot almashish va O‘zbekistonning turizm salohiyatini ilgari surish bo‘yicha birgalikda faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish