O‘zbekiston va Shvetsiya eksport-kreditlash sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Sentabr 09, 2026. 19:00 • 2 daq

24
O‘zbekiston va Shvetsiya eksport-kreditlash sohasida hamkorlikni kengaytiradi

STOKGOLM, 9-sentyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Shvetsiya Eksport-kredit agentligi (EKN) vakillari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Shvetsiya savdo-iqtisodiy hamkorligining bugungi holati, EKNning eksport kreditlash mexanizmlaridan foydalangan holda o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni rivojlantirish, yurtimizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tomonlar barqaror energetika, transport, telekommunikatsiyalar, suv taʼminoti, sog‘liqni saqlash, raqamli va sanoat infratuzilmasini rivojlantirishni hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida belgilab oldi.

Ishtirokchilar “Team Sweden” tizimi doirasida yangi istiqbolli loyihalarni ilgari surish hamda EKN bilan institutsional muloqotni kengaytirish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

1933-yilda tashkil etilgan EKN Shvetsiyaning davlat eksport-kredit agentligi hisoblanadi. Agentlik Shvetsiya kompaniyalarining eksport operatsiyalari va xalqaro loyihalarini sug‘urtalash hamda kafolatlash orqali ularni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, EKN Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida eksport kreditlashda mamlakatlarga xos xatarlarni baholash bo‘yicha muhokamalarda Shvetsiya nomidan ishtirok etadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish