Logo

O‘zbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” rahbarlarini qabul qildi

Dekabr 19, 2025. 17:31 • 42 soniya

145
O‘zbekiston Prezidenti “Sojitz Corporation” rahbarlarini qabul qildi

TOSHKENT, 19-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Tokio shahrida “Sojitz Corporation” rahbarlari Masayoshi Fudzimoto va Kosuke Uemurani qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Yaponiyaning yetakchi kompaniyasi bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Elektr energiyasiga bo‘lgan talab ortib borayotganini hisobga olib, Sirdaryo viloyatida bug‘-gaz elektr stansiyasini barpo etish loyihasini jadallashtirish muhimligi taʼkidlandi.

Ko‘p tarmoqli shifoxona, Toshkentning yangi xalqaro aeroporti, shamol elektr stansiyasini qurish va boshqa ustuvor loyihalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Tibbiyot klinikalari hamda maktabgacha va maktab taʼlimi muassasalarini modernizatsiya qilish, transchegaraviy “yashil” energiya yo‘lagini barpo etish, mamlakatimiz hududlarida gaz kompressor stansiyalarini yangilash, shuningdek, yapon investorlari uchun maxsus iqtisodiy zona yaratishda korporatsiyaning ishtirok etishi bo‘yicha tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish