Logo

“Pakistan Page”: V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi xalqaro kapital uchun jozibador nuqtaga aylanadi

Aprel 25, 2026. 12:55 • 2 daq

120
“Pakistan Page”: V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi xalqaro kapital uchun jozibador nuqtaga aylanadi

ISLOMOBOD, 25-aprel. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi “Pakistan Page”elektron nashri bo‘lajak V Toshkent xalqaro investitsiya forumiga bag‘ishlangan maqolani eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“2026-yil 16–19-iyun kunlari Toshkent shahrida mamlakatimizning eng yirik investitsiyaviy platformasi va mintaqaning eng yirik biznes forumlaridan biri - beshinchi yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi” – deyilgan materialda.

Maʼlum qilinganidek, beshinchi – yubiley forum «Investment Resilience: New Frontiers, New Partnerships» g‘oyasi ostida tashkil etilyapti. Toshkent xalqaro investitsiya forumi iqtisodiyot bilan birga miqyosini ham kengaytirib bormoqda. O‘tgan yilgi TXIF 8 000 dan ortiq ishtirokchini to‘pladi, ulardan taxminan 3 000 nafari 97 ta davlatdan kelgan xorijiy delegatlar edi. Iqtisodiy anjuman doirasida imzolangan shartnoma va kelishuvlarning umumiy hajmi 30,5 milliard dollarga teng bo‘ldi.

«Yubiley forumning markaziy mavzusi 2026-yil mart oyida O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan tashkil etilgan Toshkent xalqaro moliya markazi bo‘ladi. TXIF-2026 ishbilarmonlik dasturi to‘rtta mazmunli blok atrofida tuzilgan: investitsiya barqarorligi va kapitalni himoya qilish mexanizmlari, moliyaviy infratuzilma va kapital bozorlarini rivojlantirish, savdo bog‘liqligi va logistika koridorlari, energetik o‘tish va iqlimni moliyalashtirish», – deyilgan materiallarda.

«Pakistan Page» elektron nashri maqolasida taʼkidlanganidek, bu yilgi bo‘lajak forumda energetika masalalariga katta qaratiladi. Shuningdek, nashrda O‘zbekiston 2030-yilgacha elektr energiyasi ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalari ulushini 54 foizga yetkazishni maqsad qilgani haqidagi maʼlumot o‘quvchilar hukmiga havola etilgan.

Maqola yakunida yozilganidek, V yubiley Toshkent xalqaro investitsiya forumi xalqaro kapital uchun jozibador nuqtaga hamda Markaziy Osiyoning investitsiyalar borasidagi kun tartibini shakllantiruvchi platformaga aylanadi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish