O‘zbekiston delegatsiyasi SHHT doirasidagi navbatdagi maslahatlashuvlarda ishtirok etdi
Aprel 24, 2026. 21:40 • 53 soniya
• 124TOSHKENT, 24-aprel. /“Dunyo” AA/. Bugun Moskva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida SHHTning xalqaro faoliyati va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan xavfsizlikka tahdid va xatarlar, shuningdek Tashkilot doirasida tashqi siyosiy muvofiqlashtirishni chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Alohida eʼtibor SHHTning xalqaro maydondagi rolini mustahkamlash, mintaqaviy barqarorlikni taʼminlash hamda hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan Tashkilotning shartnomaviy-huquqiy bazasini rivojlantirishga qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi

