Logo

Pokiston IT-sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga yuqori qiziqish bildirmoqda

Dekabr 15, 2025. 13:02 • 2 daq

138
Pokiston IT-sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga yuqori qiziqish bildirmoqda
Pokiston IT-sohasini rivojlantirishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganishga yuqori qiziqish bildirmoqda

GUJRANVALA, 15-dekabr. /“Dunyo” АА/. O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Gujranvala shahriga ishchi safari davomida “Innovista Rachna” kovorking markaziga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif chog‘ida kovorking markazi faoliyati bilan tanishildi, o‘zaro hamkorlik istiqbollari yuzasidan muassasa mutasaddilari bilan muloqot o‘tkazildi.

O‘zbekistonda IT-sohasini rivojlantirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Mazkur yo‘nalishni yana-da rivojlantirish uchun xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida xorijiy davlatlar, jumladan AQSH, Fransiya, Janubiy Koreya kompaniyalari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani taʼkidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonda xorijiy IT kompaniyalarning to‘laqonli faoliyat olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgani qayd etildi. Pokiston texnoparklari ham O‘zbekiston IT-mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik qilishlari mumkinligi maʼlum qilindi. Bu esa pokistonlik yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashiga va bandligini oshirishga hamda yuqori maoshli ish bilan taʼminlashga zamin yaratadi.

“Innovista Rachna” kovorking markazi vakillarining aytishicha, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tajribasini o‘rganish maqsadida markaz delegatsiyasi yaqinda mamlakatimizga tashrif buyurgan, uning doirasida Toshkent shahridagi “IT-Park Uzbekistan” faoliyati bilan tanishgan va O‘zbekiston tomoni bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgan.

 Pokiston tomoni, shuningdek, texnoparklar, IT-parklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekistonda noyob va samarali tizim shakllanganini eʼtirof etdi. Shu bois, “Innovista Rachna” bu borada mamlakatimiz tajribasini o‘zlashtirish va joriy etishdan manfaatdor. Shu maqsadda tomonlar o‘rtasida erishilgan kelishuvga binoan doimiy muloqot yo‘lga qo‘yilgan va hozirgi kunda “IT-Park” mutaxassislari ishtirokida pokistonlik hamkasblari uchun muassasa boshqaruvi, xodimlar malakasi, bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha turli o‘quv seminarlari va treninglar tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. O‘zbekiston tomoni bilan videokonferensiya shaklidagi navbatdagi muloqot joriy dekabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston rasmiy vakilining “Innovista Rachna” kovorking markaziga tashrifi Pokiston tomoniga katta qiziqish uyg‘otdi va ikki mamlakat o‘rtasida IT-texnologiyalari sohasidagi o‘zaro hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishiga ishonch bildirildi.

 

Default Avatar

Material muallifi

Zebo Meliyeva

zebo@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

xojabek@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish