Logo

Katmandu shahrida O'zbekiston-Nepal iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

Dekabr 13, 2025. 09:00 • 2 daq

75
Katmandu shahrida O'zbekiston-Nepal iqtisodiy hamkorligini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi

KATMANDU, 13 dekabr. /“Dunyo” AA/. Katmandu shahrida O'zbekiston va Nepal o'rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan davra suhbati bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Nepal Savdo-sanoat palatasi rahbariyati, shuningdek, mamlakatning energetika, turizm, qurilish, ta'lim va axborot texnologiyalari sohalarida faoliyat yurituvchi etakchi kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv ishtirokchilari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ochiq iqtisodiyotni shakllantirish jarayonlari bilan batafsil tanishtirildi.

Mamlakatimizning investitsiyaviy va turistik salohiyati taqdimoti davomida xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay sharoit va imkoniyatlar, erkin iqtisodiy hududlarda taqdim etiladigan imtiyozlar hamda moliya-bank tizimini isloh qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga alohida e'tibor qaratildi.

Nepallik tadbirkorlar O'zbekiston iqtisodiyotining o'sish sur'atlari va xorijiy investitsiyalar hajmining izchil ortib borayotganini yuqori baholab, hamkorlikka katta qiziqish bildirdi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yuzasidan fikr almashdi. Gidroэnergetika, axborot texnologiyalari, ta'lim, turizm hamda sanoat kabi muhim tarmoqlar ustuvor yo'nalishlar sifatida qayd etildi. Xorijiy investorlar uchun yaratilgan preferentsiya va imkoniyatlarga alohida to'xtalib o'tildi.

Muloqot doirasida O'zbekiston va Nepal o'rtasidagi aloqalarning istiqbolli yo'nalishlari muhokama qilindi. Xususan, o'zaro munosabatlarni rivojlantirishda gidroэnergetika, ta'lim va turizm sohalarini asosiy drayverlar sifatida belgilash maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.

Nepal tomoni kichik GЭSlar qurilishi bo'yicha tajriba almashishga tayyorligini bildirdi.

SHuningdek, B2B va G2B shakllaridagi munosabatlarni rivojlantirish, biznes-delegatsiyalar almashinuvini yo'lga qo'yish va qo'shma biznes-forumlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish