Logo

Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentining OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritildi

May 05, 2026. 12:55 • 3 daq

107
Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentining OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritildi
Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentining OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritildi
Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentining OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritildi
Pokiston OAVda O‘zbekiston Prezidentining OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritildi

ISLOMOBOD, 5-may. /“Dunyo” AA/. Pokistonning yetakchi ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston Prezidentining Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig‘ilishidagi ishtiroki keng yoritilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Jumladan, “Associated Press of Pakistan”, “Diplomatic News Agency”, “The Nation”, “Islamabad Post”, “Imroze Pakistan”, “Daily Financial Times”, “The Daily Morning News”, “Metro Morning”, “World News Pakistan”, “The Diplomatic Insight”, “Global News Pakistan”, “The AZB”, “Infora News”, “The Gulf Observer”, “The World News”, “The Diplomatic Insight”, “Sub News”, “Karachi Updates24”, “Business Recorder” nashrlarida O‘zbekiston Prezidentining Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi 59-yillik yig‘ilishi yalpi majlisidagi nutqini eʼlon qilindi.

O‘zbekiston rahbari o‘z nutqida, bunday nufuzli anjumanning Samarqandda o‘tkazilayotgani O‘zbekistonga g‘urur va iftixor bag‘ishlashini taʼkidladi. Prezident buyuk tarix va yorqin kelajakni o‘zida mujassam etgan Yangi O‘zbekiston endilikda xalqaro miqyosdagi dolzarb masalalar muhokama etiladigan yirik maskanga aylanib borayotganini qayd etdi.

Nashrlarda yozilishicha, O‘zbekiston yetakchisi mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijalariga batafsil to‘xtalib o‘tdi. So‘nggi yillarda respublika iqtisodiyotiga 150 milliard dollar xorijiy investitsiya kiritilib, minglab zamonaviy korxonalar ishga tushirilgan. Bu davrda tovar va xizmatlar eksporti 3 karra o‘sib, milliy iqtisodiyot hajmi esa 50 milliarddan 147 milliard dollarga yetgan.

“O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida Osiyo taraqqiyot banki shafeligida Rivojlanayotgan mamlakatlarda sunʼiy intellekt ko‘lamini oshirish bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish taklif etildi. O‘zbekiston bankning «Osiyo uchun raqamli magistral» tashabbusiga qo‘shilishga tayyorligini maʼlum qilib, Toshkentda uning mintaqaviy muvofiqlashtirish markazini ochish taklifini ilgari surdi”, – deyilgan materiallarda.

Maʼruzada keyingi dolzarb vazifa sifatida – transport tizimlarining o‘zaro bog‘liqligini va logistika yo‘laklari barqarorligini taʼminlash zarurligiga alohida eʼtibor qaratildi.

“O‘zbekiston yetakchisi xalqaro logistikadagi qiyinchiliklarga to‘xtalar ekan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘lini qurishning ahamiyatini oshirayotganini aytib o‘tdi. Mazkur loyiha yuklarni yetkazib berish muddatini 10 kungacha qisqartirish va butun mintaqa tranzit salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Shuningdek, bankning Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturi (CAREC) doirasida “Raqamli bojxona va logistika alyansi”ni tashkil etish taklif etildi”, – deb yozgan Pokiston OAV.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish