Logo

Rigadan munosabat: O‘zbekiston xalqaro hamkorlikka ochiqligi va yirik iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirishda muhim hamkor bo‘lishga tayyorligini namoyish etmoqda

May 05, 2026. 10:55 • 2 daq

227
Rigadan munosabat: O‘zbekiston xalqaro hamkorlikka ochiqligi va yirik iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirishda muhim hamkor bo‘lishga tayyorligini namoyish etmoqda

RIGA, 5-may /“Dunyo” AA/. Latviya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti direktori, professor Nina Linde “Dunyo” AAga Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi haqida fikr bildirdi:

– Bunday nufuzli tadbirning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotgani, mintaqaviy va hududlararo hamkorlikni rivojlantirishdagi faol rolidan dalolat beradi. Ochilish marosimida O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev va OTB prezidenti Masato Kandning ishtirok etishi forumga alohida ahamiyat bag‘ishlaydi.

Kuni kecha O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi sheriklikning uzoq muddatli va strategik xususiyatini aks ettiruvchi 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan yangilangan Hamkorlik dasturi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangani alohida eʼtiborni tortmoqda.

Ushbu dasturning amalga oshirilishi investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirish, tarkibiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotga innovatsion yondashuvlarni joriy etishga xizmat qiladi. Bu, shuningdek, mamlakatning barqaror o‘sishi va raqobatbardoshligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Yig‘ilish doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar va tematik seminarlar o‘tkazish iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlari, jumladan, raqamlashtirish, “yashil” iqtisodiyot va mintaqaviy integratsiya bo‘yicha muloqotni chuqurlashtirish imkonini beradi.

Bunday maydonlar tajriba almashish va kelishilgan yechimlarni ishlab chiqish uchun qulay muhit yaratadi. O‘zbekiston xalqaro hamkorlikka ochiqligini va yirik iqtisodiy tashabbuslarni amalga oshirishda muhim hamkor bo‘lishga tayyorligini namoyish etmoqda.

Umuman olganda, OTB Boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishini Samarqandda o‘tkazish iqtisodiy diplomatiyani mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, Markaziy Osiyoda va undan tashqarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirishga xizmat qiladi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish