Logo

UNODC: Markaziy Osiyo yoshlari giyohvandlik tahdidlarining oldini olishdagi rolini kuchaytirmoqda

May 04, 2026. 15:25 • 2 daq

76
UNODC: Markaziy Osiyo yoshlari giyohvandlik tahdidlarining oldini olishdagi rolini kuchaytirmoqda
UNODC: Markaziy Osiyo yoshlari giyohvandlik tahdidlarining oldini olishdagi rolini kuchaytirmoqda
UNODC: Markaziy Osiyo yoshlari giyohvandlik tahdidlarining oldini olishdagi rolini kuchaytirmoqda

VENA, 4-may. /“Dunyo” AA/. BMTning Narkotik moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) rasmiy saytida tashkilot ko‘magida 2021-yilda tuzilgan Markaziy Osiyo uchun Mintaqaviy yoshlar tarmog‘i faoliyatiga bag‘ishlangan maqola eʼlon qilindi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.

Uda qayd etilishicha, tarmoq Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston yoshlar tashkilotlari hamda yetakchilarini birlashtiradi. Vaqt o‘tishi bilan uning faoliyati giyohvandlikning oldini olishdan jinoyatchilik, korrupsiya va yoshlarning ijtimoiy zaifligi masalalarini qamrab oluvchi kengroq platformaga aylangan. Tashabbus Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan yosh yetakchilar uchrashuvi yakunida ilgari surilgani alohida taʼkidlangan.

Asosiy yutuqlar qatorida giyohvand moddalar masalasiga bag‘ishlangan Yoshlar o‘rtasidagi so‘rovnomaning o‘tkazilgani qayd etilgan. 2023-yilda unda 8 ming 400 dan ortiq kishi ishtirok etib, bu avvalgi yilga nisbatan 44 foizga ko‘pdir. Shuningdek, tarmoq vakillarining Venada bo‘lib o‘tgan BMTning Giyohvand moddalar bo‘yicha komissiyasi 69-sessiyasi munozaralarida to‘laqonli ishtirokchi sifatida qatnashgani ham eʼtirof etilgan.

Nashrda ushbu tarmoq yoshlarni profilaktika siyosatini shakllantirishga jalb etishning samarali va kengaytirilishi mumkin bo‘lgan modeli sifatida ko‘rilayotgani, uni Markaziy Osiyodan tashqarida ham qo‘llash mumkinligi aytilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish