Ukraina parlamenti prezident taklif etgan nomzodni davlatning yangi bosh vaziri lavozimiga tayinladi

Iyul 16, 2026. 19:30 • 2 daq

90
Ukraina parlamenti prezident taklif etgan nomzodni davlatning yangi bosh vaziri lavozimiga tayinladi

KIEV, 16-iyul. /“Dunyo” AA/. Bugun Ukraina Oliy Radasi (parlamenti) “Naftogaz Ukraini” davlat energetika kompaniyasi boshqaruvi raisi Sergey Koreskiyni mamlakatning yangi bosh vaziri etib tayinladi, deb xabar bermaqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tegishli qarorni 289 nafar deputat maʼqulladi, bu zarur bo‘lgan minimal 226 ta ovozdan ko‘pdir, deb xabar qildi parlament aʼzosi Yaroslav Jeleznyak o‘zining telegram-kanalida.

Sergey Koreskiy parlamentda so‘zga chiqib, yangi Vazirlar Mahkamasi mudofaa, iqtisodiy rivojlanish va Yevropa integratsiyasi hukumati bo‘lishini istashini aytdi. Shuningdek, u Ukrainada kelayotgan qish oldingisidan ko‘ra qiyinroq kechishi mumkinligini maʼlum qildi.

Sergey Koreskiy 48 yoshda. U Lusk shahrida (Volin viloyati) tug‘ilgan va shu yerda Davlat texnika universitetida tahsil olgan. 2007-yilda “Kontinuum” guruhi bosh direktori bo‘lib, uni 2013-yilgacha boshqargan. O‘sha paytda ushbu xolding tarkibiga butun Ukraina bo‘ylab 200 dan ortiq turli kompaniyalar kirgan.

Keyinchalik u Ukrainaning eng yirik neft va gaz qazib oluvchi “Ukrnafta” hamda mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlash korxonasi “Ukrtatnafta”ga direktorlik qilgan. Sergey Koreskiy 2025-yil may oyidan boshlab ushbu lavozim uchun o‘tkazilgan tanlovda g‘olib chiqib, “Naftogaz Ukraini” boshqaruvi raisi bo‘ldi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish