O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari “Times Kuwait” gazetasi asoschisini qabul qildi

Avgust 28, 2026. 16:00 • 2 daq

99
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari “Times Kuwait” gazetasi asoschisini qabul qildi
“Dunyo” AA olgan surat

TOSHKENT, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev mamlakatimizda bo‘lib turgan “Times Kuwait” gazetasi asoschisi va bosh muharriri Toriq Yusuf ash-Shumaymriy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqotda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijalarini, oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlarning ijro jarayonini birgalikda keng yoritish, shuningdek, axborot sohasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuvda “Dunyo” AA va “Times Kuwait” o‘rtasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.

Xususan, ikki mamlakatning ijobiy imijini xalqaro maydonda ilgari surish, O‘zbekistonning Ko‘rfaz arab davlatlari bilan rivojlanib borayotgan aloqalarini, shuningdek, mamlakatimizning tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyatini arab va ingliz tilli auditoriyaga yetkazish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish