Sergey Tarasov: O‘zbekiston yangi innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik uchun o‘z eshiklarini keng ochmoqda

Avgust 28, 2026. 16:30 • 2 daq

55
Sergey Tarasov: O‘zbekiston yangi innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik uchun o‘z eshiklarini keng ochmoqda

SANKT-PETERBURG, 28-avgust. /“Dunyo” AA/. Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sergey Tarasov mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida “Dunyo” AA orqali yurtdoshlarimizga o‘zining samimiy tabrigi va ezgu tilaklarini yo‘lladi.

– Universitetimiz jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35 yilligi bilan samimiy tabriklayman.

Mamlakatingiz o‘tgan davr davomida ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi, davlat suverenitetini mustahkamladi, o‘zining boy madaniy merosini asrab-avayladi. Eng muhimi, bugun O‘zbekiston yangi innovatsiyalar va xalqaro hamkorlik uchun o‘z eshiklarini keng ochmoqda.

Oliy taʼlim muassasamiz uchun O‘zbekiston taʼlim sohasidagi muhim strategik hamkor hisoblanadi. Toshkentdagi universitetimiz filiali samarali faoliyat yuritmoqda. Bu yerda allaqachon bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha ikki marta bitiruv marosimi o‘tkazildi.

“Klass!” va “Malish” qo‘shma loyihalari rus tilini o‘qitish sifatini oshirish va maktabgacha taʼlimni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Ushbu dasturlar doirasida 1,5 ming nafardan ziyod tarbiyachi va 100 nafar metodist malaka oshirdi.

O‘zbekistonda rus tilida ochiq taʼlim va o‘qitish bo‘yicha uchta markaz faoliyat yuritmoqda. Sankt-Peterburgda O‘zbek madaniyat markazi ham samarali ishlab turibdi. U yoshlar muloqoti va madaniy aloqalarni saqlash hamda rivojlantirish uchun muhim maydonga aylangan.

Universitetimiz o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlash, qo‘shma taʼlim, ilmiy va gumanitar loyihalarni rivojlantirishga intiladi. Ishonamanki, bunday hamkorlik ikki mamlakat taʼlim va ilm-fan sohalari taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi.

Yana bir bor o‘zbek xalqini Mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan qutlayman.

Yurtingizda doimo tinchlik hukm surcin, xalqingiz farovonlikda yashasin, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik yana-da mustahkamlansin!

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish