O‘zbekiston va Eron delegatsiyalari Tehronda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo va yuk tashuvlari hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi

Avgust 18, 2026. 23:10 • 58 soniya

86
O‘zbekiston va Eron delegatsiyalari Tehronda ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro savdo va yuk tashuvlari hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi

TOSHKENT, 18-avgust. /“Dunyo” AA/. Kecha Tehron shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon Aʼloyev Eron tashqi ishlar vazirining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Qanbariy bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, o‘zaro savdo hajmini oshirish, o‘zaro yetkazib beriladigan mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, transport-tranzit sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, amaldagi yo‘nalishlar samaradorligini oshirish hamda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida yuk tashish hajmlarini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

“Dunyo” AA olgan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish