Polshada qiyin vaziyatga tushib qolgan hamyurtlar Yangi yilni oilasi bag‘rida kutib oladigan bo‘ldi
Dekabr 31, 2025. 11:13 • 47 soniya
• 210
VARSHAVA, 30-dekabr. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasi tomonidan qiyin vaziyatga tushib qolgan vatandoshlar O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Elchixonaga ikki nafar vatandoshimiz – biri namanganlik hamyurt salomatligidagi muammo sababli og‘ir ahvolga tushgani, ikkinchisi qashqadaryolik yurtdosh moliyaviy qiyinchilik va hujjatlarini yo‘qotgani bois murojaat qilgan.
Shundan so‘ng elchixona vakillari hamyurtlarimizni vatanimizga qaytarish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan.
Betob bo‘lib qolgan vatandoshimiz insult tashxisi bilan tibbiy muassasada bo‘lgan. Shu bois, unga Polsha tibbiyot muassasasi tavsiyasiga muvofiq, parvozga ruxsat berilgunga qadar zarur tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yana bir yurtdoshimizga esa vatanga qaytish hujjatlari to‘g‘rilangan.
Fuqarolarimizni vatanga qaytarishda Varshava–Riga yo‘nalishida maxsus transportda, Riga–Toshkent bo‘yicha esa aviareys orqali amalga oshirildi. Har ikki fuqaro uchun Latviyaga kirish ruxsatnomalari rasmiylashtirilib, tranzit harakati taʼminlangan. Rigagacha transport xizmatlari tashkil etildi va aviachiptalar xarid qilingan.
Aviachipta xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Migratsiya agentligi hisobidan qoplandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi